“Rossiya temir yo‘llari” O‘zbekistondan meva va sabzavot tashishga berilgan chegirmani yana bir yilga uzaytirdi

Selyatino — Sergeli va Jizzax yo‘nalishlarida 20,4% lik chegirma saqlanib qoladi

“Rossiya temir yo‘llari” O‘zbekistondan meva va sabzavot tashishga berilgan chegirmani yana bir yilga uzaytirdi

“Rossiya temir yo‘llari” (RTY) O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini tashish bo‘yicha imtiyozli tarif amal qilish muddatini uzaytirdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikistondan sabzavot va mevalarni olib kirish uchun 50% lik chegirma 2026-yilda ham amal qiladi. Shuningdek, muzlatkich konteynerlarda tashish uchun 20,4% lik chegirma ham saqlanib qoladi. Bu chegirma Selyatino (Moskva viloyati) stansiyasidan Sergeli va Jizzax stansiyalarigacha (Kanisoy chegarasi orqali) va teskari yo‘nalishda (Ozinki orqali) bo‘lgan yo‘nalishlarga tatbiq etiladi.

O‘zbekiston va Tojikistondan Rossiyaga sabzavot va mevalarni import qilishda 50% lik chegirma 2021-yil 1-yanvardan boshlab (“O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Tojikiston temir yo‘llari”ning muzlatkich tarkiblari orqali) amal qilib kelmoqda va har yili yangilanadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston 2025-yil yanvar–sentabr oylarida 1,6 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5% ga ko‘p.

Eksport hajmi $1,45 mlrdni (+39,3%) tashkil etdi, meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi esa mamlakat umumiy eksportida 5,5% ga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi