O‘zbekistonda oyiga $5 evaziga ChatGPT Go obunasi joriy etildi

Tarifda GPT-4 modelining asosiy funksiyalari saqlab qolinib, fayllarni yuklash imkoniyati hamda tasvirlar yaratish funksiyasi kiritilgan

O‘zbekistonda oyiga $5 evaziga ChatGPT Go obunasi joriy etildi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT Go deb nomlangan yangi obuna rejasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya bayonotida ma’lum qilindi.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, ChatGPT Go bepul versiyaga nisbatan kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi. Ularga xabarlar sonining oshirilgani, fayllarni yuklash imkoniyati hamda tasvirlar yaratish funksiyasi kiradi. Shu bilan birga, narx oyiga $5 etib belgilangan — bu ChatGPT Plus’ning ($20 oyiga) deyarli to‘rt baravar arzonidir.

Kompaniya ta’kidlashicha, yangi tarif rejimli ish, ta’lim va ijod jarayonida chatbotdan faol foydalanadigan, ammo to‘liq narxni to‘lashga tayyor bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. ChatGPT Go’da GPT-4 modelining asosiy funksiyalari saqlab qolinadi. Biroq korporativ plaginlar va API’dan foydalanish imkoniyati faqat premium obunachilarga taqdim etiladi.

ChatGPT Go xizmatidan foydalanish imkoniyati quyidagi davlatlarda ochilgan: Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar.

Shuningdek, Hindiston, Indoneziya, Qozog‘iston, Malayziya, Misr, Nigeriya, Janubiy Afrika Respublikasi va Tanzaniyada to‘lovni milliy valyutada amalga oshirish mumkinligi tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, OpenAI kompaniyasi joriy yil aprel oyida O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan edi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya 8-aprel kuni ro‘yxatga olingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Beeline kompaniyasi Qozog‘istondagi OLX platformasini sotib oldi
/
Beeline kompaniyasi Qozog‘istondagi OLX platformasini sotib oldi
Kelgusi yildan TOP-300” universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
Kelgusi yildan TOP-300” universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Kaspiy dengizi tubidan o‘tgan aloqa liniyasiga ulanadi
/
O‘zbekiston Kaspiy dengizi tubidan o‘tgan aloqa liniyasiga ulanadi