2024-yilda O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati hajmi 3,6 trln so‘mga yetdi
Shuningdek, charm mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 545,8 mln kvadrat desimetrni tashkil etdi
Фото: «РИА Новости»
2024-yilda O‘zbekistonning charm-poyabzal sanoati bo‘yicha umumiy ishlab chiqarish hajmi 3,6 trln so‘mga yetdi. Bu haqda «O‘zcharmsanoat» assotsiatsiyasi xabar berdi.
Assotsiatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda charm-galantereya mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 164,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, charm mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 545,8 mln kvadrat desimetrni tashkil etdi. O‘zbekiston korxonalari tomonidan 82,5 mln juft poyabzal ishlab chiqarildi.
Mamlakatda mo‘ynali mahsulotlar va qorako‘l ishlab chiqarish hajmi 3,6 mlrd so‘mdan oshdi.
Bundan tashqari, jelatin mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 188 mlrd so‘mga yetgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ