Centrum Holding Boeing samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda

Kompaniya, xususan, Samarqand — Nyu-York va Toshkent — Mayami yo‘nalishlarini ko‘rib chiqmoqda

Centrum Holding Boeing samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda

Centrum Holding rahbariyati 28-yanvar kuni AQSh elchixonasi delegatsiyasi bilan aviatsiya va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi, turizm va mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Hozirda xolding tasarrufida 25 ta havo kemasi mavjud bo‘lib, kompaniya parkni AQShda ishlab chiqarilgan samolyotlar hisobiga kengaytirishni rejalashtirmoqda. Jumladan, 2026-yilda My Freighter yuk tashuvchi bo‘linmasi beshta Boeing samolyotini qabul qilib olishi kutilmoqda.

Yo‘lovchi tashuvlari segmentida Samarqand — Nyu-York va Toshkent — Mayami yo‘nalishlarida reyslarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi. Parvozlar Yevropada texnik qo‘nish bilan amalga oshirilishi mumkin.

Yuk tashish yo‘nalishida esa My Freighter hozirning o‘zida American Airlines va Delta Air Lines bilan hamkorlik doirasida O‘zbekistondan AQShga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib bermoqda.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda AQShning Embry-Riddle Aeronautical University bilan hamkorlikda aviatsiya universitetini tashkil etish tashabbusini muhokama qildi. Ushbu ta’lim muassasasi uchuvchilar va muhandislarni xalqaro standartlar asosida tayyorlaydi.

Bundan tashqari, uchrashuvda investitsiyalarni jalb qilish hamda kompaniyani ommaviy kapital bozorlariga chiqishga tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Orient Group Management’da aksiyadorlar tarkibi o‘zgardi
/
Orient Group Management’da aksiyadorlar tarkibi o‘zgardi
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi 11 mln so‘mga yaqinlashdi
/
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi 11 mln so‘mga yaqinlashdi
2025-yilda O‘zbekistonda import yuk tashish buyurtmalari 21% ga oshdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda import yuk tashish buyurtmalari 21% ga oshdi