“Centrum Air” Novosibirsk va Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Parvozlar 23-iyundan boshlab haftasiga ikki marta amalga oshiriladi

“Centrum Air” Novosibirsk va Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

“Centrum Air” aviakompaniyasi 2025-yil 23-iyun sanasidan boshlab Novosibirsk – Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar berdi.

Parvozlar 23-oktabrgacha haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. “Novosibirskdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 09:00 ga, Namanganga yetib borish esa 09:35 ga rejalashtirilgan.

Namangandan qaytish reysi soat 03:25 da jo‘naydi va 08:00 da Novosibirskka yetib boradi. Safar vaqti 2 soat 35 daqiqani tashkil etadi. Parvozlar “Airbus” samolyotlarida amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi