Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Parvozlar 30-noyabrdan boshlanadi va har hafta amalga oshiriladi

Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

“Centrum Air” aviakompaniyasi Toshkent – Male yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kapital.uz’ga ma’lum qildi.

Maldiv orollariga muntazam parvozlar joriy yilning 30-noyabridan boshlanadi va har yakshanba kuni amalga oshiriladi. Parvozlar uchun 185 o‘ringa ega Airbus A320 samolyotlari jalb etiladi.

Bir tomonlama chipta narxi (bagaj bilan birga) 4 mln so‘mdan boshlanadi. Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Maldiv orollari O‘zbekiston fuqarolari orasida eng mashhur dam olish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolaridan Maldivga kirish uchun oldindan viza talab etilmaydi — 30 kungacha bo‘lgan viza mamlakat aeroportida rasmiylashtiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi