Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 24 soat faoliyat yuritadigan sayr va dam olish yo‘nalishi tashkil etilishi rejalashtirilgan

Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida tunu kun faoliyat yuritadigan turistik ko‘cha tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” nashri shahar hokimi qaroriga tayanib xabar berdi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov tomonidan qabul qilingan mazkur qaror xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjat sifatida tasniflangan va ochiq e’lon qilinmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning buyurtmachisi sifatida poytaxt hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilangan. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tenderda 400,05 mln so‘mlik taklif bilan Ak-Saray Construction Project kompaniyasi g‘olib bo‘lgan.

Obyektning umumiy uzunligi qariyb 1,54 kmni tashkil etadi. U “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekatidan Salom kafesigacha bo‘lgan hududni qamrab oladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 23,8 mlrd so‘mga baholangan. Yakuniy smeta qiymati loyihalash ishlari tugagach aniqlashtiriladi.

Konsepsiyaga ko‘ra, hududda turar joy obyektlari qurilmaydi. Asosiy e’tibor sayr va dam olish infratuzilmasini yaratishga qaratiladi. Jumladan, piyodalar yo‘laklari yangilanadi, o‘rindiqlar va dekorativ yoritish tizimlari o‘rnatiladi, bolalar hamda sport maydonchalari barpo etiladi. Shuningdek, veloyo‘laklar va sug‘orish tizimi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida mavjud binolar fasadlarini modernizatsiya qilish hamda transport harakatini tartibga solish ko‘zda tutilgan. Yengil va yuk avtomobillari oqimini ajratish, shuningdek, yer usti va yer osti piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
O‘zbekistonda xalqaro fond bozoriga chiqish uchun yangi tizim ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistonda xalqaro fond bozoriga chiqish uchun yangi tizim ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda insayderlik ma’lumotidan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
/
O‘zbekistonda insayderlik ma’lumotidan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi