Kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug’ullangan buxorolik 17 yoshli yigit ishi yakunlandi
Hukm qilishda Zuvurov ishi ijtimoiy xavfli emasligi hamda oilaviy ahvoli kabilar inobatga olingan
Kriptoaktivlar faoliyati orqali 34 mlrd so‘m ishlab topgani aytilgan buxorolik 17 yoshli Murodjon Zuvurovga nisbatan ochilgan tergov harakatlari to‘xtatildi. Bu haqda sobiq deputat Rasul Kusherbayev o‘zining telegram kanalida e’lon qildi.
Buni “ajoyib yangilik” deya baham ko‘rgan sobiq deputatning qayd etishicha, hal qiluv qarorini chiqarishda Zuvurov ishi ijtimoiy xavfli emasligi hamda oilaviy ahvoli kabilar inobatga olingan.
Bundan tashqari, uning oilaviy ahvoli, yolg’iz farzandligi hamda qilgan ishidan pushaymonligi ham inobatga olingan.
Murodjon Zuvurov 2024-yilning dekabr oyida noqonuniy tarzda 34 mlrd so’mlik kriptovalyuta ayirboshlashda gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg’atilgandi.
“Quvonchlisi, bugun Murodjon timsolida minglab O‘zbekiston yoshlarining ruhi sindirilmadi, qaddi bukilmadi. Endi u jinoyatchi emas, haqiqiy qahramon”, — deb yozadi sobiq deputat.
Shuningdek, tergov jarayonida olingan bir dona “iPhone 15 Pro Max” telefoni Zuvurovga qaytarilishi, qolgan ashyoviy dalillar jinoyat ishi hujjatlari bilan birga saqlanishi belgilangan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ