Xitoy kompaniyasi Buxoroda 300 MVt quvvatga ega ma’lumotlar markazini quradi

Surxondaryoda ham shunday quvvatli yana bir loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

Xitoy kompaniyasi Buxoroda 300 MVt quvvatga ega ma’lumotlar markazini quradi

24-iyul kuni Energetika vazirligi va Xitoyning Shanghai LinkWise Data Intelligence Co., Ltd. kompaniyasi Buxoro viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan ma’lumotlar markazini barpo etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi.

Muzokaralar davomida xitoylik sarmoyadorlar tomonidan O‘zbekiston energetika sohasida amalga oshirilayotgan boshqa loyihalar ham ko‘rib chiqildi va kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Bundan tashqari, tomonlar Surxondaryo viloyatida xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir ma’lumotlar markazini qurish niyatini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida memorandumda nazarda tutilgan tashabbuslarni amalda joriy etish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
/
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi