Toshkentda qiymati $461 mlnlik yirik turar-joy majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

“Toshkent Invest” kompaniyasi 16 ta binoni o‘z ichiga olgan rekonstruksiya loyihasini amalga oshiradi

Toshkentda qiymati $461 mlnlik yirik turar-joy majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Kapital.uz nashri avval xabar berganidek, 16-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida rejalashtirilgan jamoat transporti qurilishi va rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi.

Magic City ko‘ngilochar bog‘i va Humo Arena muz saroyi yaqinidagi Burjar kanali bo‘yida $461 mlnlik yirik turar-joy majmuasini barpo etish taklif etilmoqda. Loyiha tashabbuskori sifatida “Toshkent Invest” kompaniyasi ko‘rsatilgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining bosh rejasi saytida keltirilishicha, mazkur loyiha “Beshyog‘och” mahallasi rekonstruksiya hududida amalga oshiriladi.

жилье, строительство, ташкент

Rejada 16 ta binoning qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular 2 ming 304 ta xonadondan iborat bo‘ladi va jami 9 ming 216 nafar aholini qamrab olishi rejalashtirilgan. Eng baland bino 30 qavatdan iborat bo‘ladi. Majmua zilzilabardoshlik (8 ballgacha) va gidrogeologik xulosalardan ijobiy baho olgan. Boshqa tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan.

Avvalroq, Toshkent markazida $175 mlnlik ikki minorali osmono‘par bino qurish taklif qilingandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xususiy OTMlar faoliyati takomillashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda xususiy OTMlar faoliyati takomillashtirilmoqda
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga 15-iyuldan start beriladi
/
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga 15-iyuldan start beriladi
O‘zbekistonda 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega — Markaziy bank