«O’zbekneftgaz» va «Gazprom neft» kompaniyalari burg’ulashni boshqarish markazini ochdilar

Bu quduqlarni burg'ulash vaqtini 45% ga qisqartiradi va ularning narxini 35% ga kamaytiradi

«O’zbekneftgaz» va «Gazprom neft» kompaniyalari burg’ulashni boshqarish markazini ochdilar

O’zbekistonda burg’ulashni boshqarish markazi ishga tushirildi. Bu haqda «O’zbekneftgaz» matbuot xizmati xabar bermoqda.

15 may kuni bo’lib o’tgan ishga tushirish marosimida O’zbekiston energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov, «O’zbekneftgaz» raisi Bahodir Siddiqov va «Gazprom neft» boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukov ishtirok etdilar.

Boshqaruv markazining tashkil etilishi kompaniyaga quduqlarni burg’ilash vaqtini 45%ga qisqartirish va ularning narxini 35%ga kamaytirish imkonini berishi kutilmoqda. Bu shuni anglatadiki, har bir quduq uchun loyihaning dastlabki qiymatiga nisbatan 4 mlrddan 10 mlrd so’mgacha tejash mumkin.

Hozirgi vaqtda u O’zbekistondagi oltita konda 23 ta quduqni burg’ilash bo’yicha kecha-kunduz monitoring olib boradi.

Bunday markazni tashkil etish to’g’risidagi shartnoma 2023 yilning kuzida «O’zbekneftgaz» va «Gazprom neft» kompaniyalari o’rtasida imzolangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi
BlackRock va Franklin Resources UzNIF qimmatli qog‘ozlariga $300 mln sarmoya kiritishi mumkin
/
BlackRock va Franklin Resources UzNIF qimmatli qog‘ozlariga $300 mln sarmoya kiritishi mumkin
Buxoroda Leapmotor bilan elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Buxoroda Leapmotor bilan elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi