Burger King Toshkentda ilk filialini ochdi

Tarmoq 2026-yilgacha 10 ta nuqtaga kengayib, respublika hududlariga chiqishni rejalashtirmoqda

Burger King Toshkentda ilk filialini ochdi

Xalqaro tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i Burger King O‘zbekiston bozoriga rasman kirib keldi. Poytaxtdagi ilk filial metro “Beruniy” bekati yaqinida ish boshladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda ma’lum qilindi.

Birinchi restoran talabalar shaharchasi hududida faoliyat boshlagan. Kelgusida kompaniya “Tashkent City Mall” va “Seul Mun” kabi yirik savdo-ko‘ngilochar markazlarda ham filiallar ochishni rejalashtirmoqda.

Brendni rivojlantirish strategiyasiga ko‘ra, 2026-yilgacha 10 ta restoran ishga tushiriladi hamda Toshkentdan tashqaridagi hududlarga chiqish ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda tarmoqni rivojlantirish bilan franchayzing hamkor — “Holten” kompaniyalar guruhi shug‘ullanadi. Ushbu xolding tarkibiga “Baraka” supermarketlar tarmog‘i va Pepsi ichimliklari ishlab chiqarish zavodi ham kiradi.

Yangi o‘yinchining bozorga kirib kelishi respublikada tezkor xizmat ko‘rsatish (QSR) segmentining jadal o‘sishi fonida yuz bermoqda. Ushbu segment har yili 50% dan ortiq sur’atlarda kengaymoqda.

Menyudagi asosiy mahsulotlar narxi turiga qarab farqlanadi. Xususan, “Steykxaus” burgeri 45 ming so‘m, “Vopper” — 43 ming so‘m, “Long chiken” — 35 ming so‘m, “Krispi chiken” esa 33 ming so‘m etib belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yuksalish” harakati O‘zbekiston eng muvaffaqiyatli va yosh tadbirkorlar reytingini e’lon qildi
/
Yuksalish” harakati O‘zbekiston eng muvaffaqiyatli va yosh tadbirkorlar reytingini e’lon qildi
Jahon banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $105 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $105 mln ajratadi
Jahon banki O‘zbekistonga infratuzilmani rivojlantirish uchun $250 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga infratuzilmani rivojlantirish uchun $250 mln ajratadi