2025-yildan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

Faoliyat uchun 5 yil muddatga litsenziya olish mumkin bo‘ladi

2025-yildan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda Internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati qonuniylashtiriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, lotereya va bukmekerlik faoliyati faqat O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan berilgan lisenziyalar asosida amalga oshiriladi. Na’munaviy litsenziya muddati 5 yilni tashkil qilib, litsenziya berishdan tushgan davlat bojlarining 20% lisenziyalovchi organ hisobiga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, O‘yinchilarning yagona registri joriy etilib, agentlik tomonidan pul aylanmalari ustidan nazoratni ta’minlash, o‘yinchilarning manfaatlarini himoya qilish va o‘yin qaramligining oldini olish ishlari bajariladi. 

Registrga quyidagi ma’lumotlar kitiladi:

  • O‘yinchilarning yagona reyestri;
  • Bukmekerlik va Internetdagi o‘yinlar uchun moliyaviy limitlar reyestri;
  • Moliyaviy tranzaksiyalar va yutuqlar to‘lovlari reyestri.

Ushbu faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning o‘yin dasturiy ta’minoti yoki tasodifiy raqamlar generatori texnologiyalari sinov laboratoriyalarning sertifikatiga ega bo‘lishlari shart.

Lotereya yutuqlari uchun ajratiladigan mablag‘lar yutuq egasiga qog‘oz lotereyalarda kamida 50%, elektron lotereyalarda kamida 75% miqdorida to‘lanadi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank 1ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga sanksiya qo‘lladi
/
Markaziy bank 1ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga sanksiya qo‘lladi
2025-yilga borib IT Park rezidentlari soni 3 mingga yetadi
/
2025-yilga borib IT Park rezidentlari soni 3 mingga yetadi
Markaziy bank notanish qo‘ng‘iroqlarga javob berganda bank kartasidan pul yechilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
/
Markaziy bank notanish qo‘ng‘iroqlarga javob berganda bank kartasidan pul yechilishi haqidagi xabarlarni rad etdi