OKMK va yana 30 ta kompaniya mintaqaviy bozorlarda yetakchi deb topildi

Raqobat qo‘mitasi transport, energetika va neft-gaz sohalarida narx shakllanishi va bitim shartlariga ta’sir ko‘rsatgan korxonalarni aniqladi

OKMK va yana 30 ta kompaniya mintaqaviy bozorlarda yetakchi deb topildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tegishli hududiy bozorlarda 31 ta kompaniyaning ustun mavqega ega ekanligini aniqladi.

Bunday qaror ularning chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish, transport, energetika va neft-gaz sohasidagi faoliyatini tahlil qilish natijalariga ko‘ra qabul qilindi.

Tadqiqotlar quyidagi sohalarni qamrab oldi:

  • maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish;
  • temir yo‘l orqali yuk tashish;
  • neft-gaz tarmog‘ida sifatni tahlil qilish, nazorat qilish, sinov o‘tkazish va baholash;
  • suyultirilgan gazni saqlash;
  • issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish.

“Raqobat to‘g‘risida” gi qonunning 14-moddasiga asosan, bir qator kompaniyalarning bitim shartlariga, sotish hududlariga yoki narxlarga bir tomonlama ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega ekanligi aniqlandi. Bunday hollarda, bozor ishtirokchisi bozorda yetakchi o‘ringa ega bo‘lmasa ham, ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etiladi.

Samarqand viloyati – maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish:

  • Gold Marjonabegim;
  • Shoximardon Asqarov;
  • Mansurbek Qo‘rg‘on Biznes;
  • Kattaqo‘rg‘on Obod Servis;
  • Ikrom Nasrullaev.

Qashqadaryo viloyati – maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish:

  • Qashqadaryo Eko Trans;
  • Bi-Say;
  • Binokor Azizbek Eko;
  • Beknur Stroy Savdo;
  • Qamay Qorasuv Ecos;
  • Eko-Hayot;
  • Nuriston Tozlash;
  • Koson Stroy Standart Servis;
  • Intizor Oybekovna;
  • Chimyоn Express;
  • Kasbi Eko-Hayot;
  • Ilg‘or Voha;
  • Solitary Garden.

Jizzax viloyati – maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish:

  • Toza-Eko Hudud;
  • Jizzax Viloyati Toza Hudud;
  • Eko Sfera;
  • Aydar Eko Sfera;
  • Paxtakor Eko Sfera;
  • Forish-Ekosfera;
  • Yangioobod Eko Sfera Group;
  • G‘allaorol Eko Sfera;
  • Eko House;

Navoiy viloyati – temir yo‘l transporti:

  • Navoiy temir yo‘l transporti.

Buxoro viloyati – neft-gaz tarmog‘ida va suyultirilgan gazni saqlashda sifatni tahlil qilish, nazorat qilish, sinash va baholash:

  • Neftgaztadqiqot;
  • Buxoro gaz to‘ldirish stansiyasi.

Toshkent viloyati – issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish:

  • Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $8,2 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $8,2 mlrdga yetdi
Tojikistonning Rog‘un GESi O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qiladi
/
Tojikistonning Rog‘un GESi O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qiladi
O‘zbekistonda dollar kursi keskin tushdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi keskin tushdi