Toshkentda “Bo‘z bozor” va “Navro‘z” bozorlari rekonstruksiya qilinadi va raqamlashtiriladi

Savdo majmualarida moliyaviy jarayonlarni nazorat qiluvchi maxsus situatsion markaz tashkil etiladi

Toshkentda “Bo‘z bozor” va “Navro‘z” bozorlari rekonstruksiya qilinadi va raqamlashtiriladi

Toshkent shahrida joylashgan “Navro‘z” dehqon bozori hamda uning “Bo‘z bozor” filiali faoliyati zamonaviy talablarga moslashtiriladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi va boshqa mas’ul rahbarlar savdo obyektlari faoliyati bilan joyida tanishib, ularni yangilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olgan.

O‘rganish jarayonida bozorlardagi amaldagi holat tahlil qilinib, yashirin aylanmalarni bartaraf etish va boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan reja ishlab chiqildi. Xususan, bozorlar faoliyatini bosqichma-bosqich raqamli tizimga o‘tkazish, savdo va moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Loyiha doirasida savdo hududlari to‘liq rekonstruksiya qilinib, infratuzilma yangilanadi. Shuningdek, moliyaviy va nazorat jarayonlarini muvofiqlashtirib boruvchi yagona situatsion markaz tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bozorlarning yangi me’moriy qiyofasi va ichki dizayni xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilmoqda.

Mas’ullar ushbu tashabbuslar nafaqat noqonuniy savdoni qisqartirishga, balki naqdsiz to‘lovlar ulushini oshirishga ham xizmat qilishini ta’kidladi. Kutilishicha, bozorlar faoliyatining ochiqligi oshib, mahalliy budjetga tushumlar ko‘payadi, tadbirkorlar va xaridorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
/
Top-300 oliygohlarda magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakti qoplanadi
O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
/
O‘zbekistonda 6-mart kuni metan zapravkalari xususiy transportga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
Ayollar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga 25 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
/
Ayollar tadbirkorligi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga 25 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi