O’zbekistonda bolalar lagerlarining binolari va yer uchastkalari xususiy mulkdorlarga beriladi
Shartnoma bo'yicha ijarachilar binolarni qurishlari yoki ta'mirlashlari kerak

29 may kuni prezidentning bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida bolalarni dam olish bilan qamrab olishni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari negizida tadbirkorlarni jalb etgan holda quyidagi mexanizmlar orqali hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:
- Yangi binolar qurilishi yoki mavjud binolar ta’mirlanishi va jihozlanishi sharti bilan lagerlardagi binolar, inshootlar va yer uchastkalarining bir qismini sheriklarga 15 yilgacha ijaraga berish;
- Lagerlarning binolari, inshootlari va yer uchastkalarini yangi binolar qurilishi yoki mavjud binolar ta’mirlanishi va jihozlanishi sharti bilan yozgi mavsumdan tashqari foydalanish uchun 10 yilgacha ijaraga berish;
- Lagerlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash va yozgi mavsumda lagerlar tashkil etilishi sharti bilan ularni 10 yilgacha ijaraga berish.
Ushbu loyihalar O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan shartlarda E-auksion elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi. Lagerlarning binolari, inshootlari va yer uchastkalari yozgi mavsumdan tashqari ijaraga berish orqali o’z-o’zini moliyalashtirish tizimiga o’tkaziladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ