Bokuda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

Bundan tashqari, 4,5 gektar maydonda “O‘zbekiston” bog‘i qurilishi boshlandi

Bokuda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etishdi.

Davlat rahbarlari diplomatlarning ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan samarali faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Elchixona zallari O‘zbekiston hududlari nomi bilan atalgan. Prezidentimiz xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qorabog‘ nomini berishni taklif etdi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Yangi bog‘ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan “Oq shahar” mavzesidan o‘rin oldi.

Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi.

Bog‘ hududida yurtimiz me’moriy obidalari nusxalari, sayilgohlar, yashil hududlar, mehmonxona, turli xil savdo va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etiladi. Binolar qurilishi va bezagida o‘zbek milliy me’morchiligi an’analari hamda naqshlaridan foydalaniladi.

Marosimda ikki davlat rahbarlari birgalikda bog‘ poydevoriga ramziy kapsula qo‘yib, ushbu muhim loyiha qurilishini boshlab berdilar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” brendi nomidagi shou-rum ochildi
/
Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” brendi nomidagi shou-rum ochildi
Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan ikki yer uchastkasini davlat mulkiga oldi
/
Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan ikki yer uchastkasini davlat mulkiga oldi
“Anorbank” aksiyador o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi
/
“Anorbank” aksiyador o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi