O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi

20-iyuldan piyoda yoki avtomobildagi fuqarolar chetda kamida 2 kun, samolyotdagilar esa 3 kun bo‘lishi kerak

O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi

20-iyuldan boshlab shaxsiy tovarlarni bojsiz olib kirish uchun chet elda bo‘lish muddati belgilandi.

Xususan, piyoda yoki avtomobilda kirayotgan fuqarolar bu limitdan foydalanish uchun chet elda kamida ikki kunsamolyotda qaytayotganlar esa kamida uch kun bo‘lishlari kerak. Aks holda olib kirilgan tovarlar belgilangan limitdan oshgan deb hisoblanadi va ularning to‘liq qiymatidan 30% miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 20-apreldagi qarori bilan belgilangan va qaror qabul qilinganidan uch oy o‘tib kuchga kirmoqda. Ayni shu qaror bilan 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar uchun shaxsiy ehtiyoj tovarlarini O‘zbekistonga bojsiz olib kirish normalari kamaytirilgandi.

Jumladan, 1-maydan

  • havo transportida $1 ming (bungacha $2 ming edi);
  • temir yo‘l va daryo transportida $500 ($1 ming edi);
  • avtomobil va piyoda o‘tkazish punktlari orqali $300 dollargacha qiymatdagi tovarlarni shaxsiy ehtiyoj uchun bojsiz olib kirish mumkin etib belgilangan.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslarga xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali yetkazib beriladigan tovarlar uchun stavka har chorakda $1 mingdan oyiga $200 gacha qisqartirilgan. Pochta orqali qabul qilingan tovarlar uchun limit $100 miqdorida qoldirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
/
Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi
/
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qadrsizlandi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qadrsizlandi