O‘zbekiston bojsiz eksport imtiyozlarini yana 10 yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, Yevropa Ittifoqiga eksport hajmi uch yilda $1,15 mlrdga yetdi

O‘zbekiston bojsiz eksport imtiyozlarini yana 10 yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Yevropaga bojsiz eksport muddatini 10 yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yevropa Ittifoqining GSP+ imtiyozlar tizimini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida ma’lum qildi.

Bundan tashqari, delegatsiya GSP+ doirasida imtiyozli tovarlar ro‘yxatiga yangi uzilgan meva va sabzavotlarni qo‘shish, shuningdek, mavsumiy eksport kvotalarini uzaytirishni taklif qildi. Bu Yevropa Ittifoqi bilan uzoq muddatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. 

Shuningdek, ISSV vakillari Yevropa Komissiyasining savdo va xalqaro hamkorlik departamentlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zbek tovarlarining Yevropa bozoriga kirishini yaxshilash, prokatlangan metall mahsulotlari import kvotalarini qayta ko‘rib chiqish hamda Yevropa standartlariga moslash uchun texnik yordam jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston delegatsiyasi 2021-yilda GSP+ maqomi olinganidan beri Yevropa Ittifoqiga eksport hajmi uch baravarga oshib, $1,15 mlrdga yetgani va 1,100 ming turdagi imtiyozli mahsulotlar, jumladan, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, elektrotexnika va kimyo mahsulotlari barqaror yetkazib berilayotganini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
/
Qozog‘istonning FlyArystan kompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
/
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi
/
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi