O‘zbekistonda ayollar faolligini oshirish uchun BMT va ACWA Power sarmoya kiritadi

12 oylik sheriklik doirasida ACWA Power $50 ming miqdorida mablag‘ ajratadi

O‘zbekistonda ayollar faolligini oshirish uchun BMT va ACWA Power sarmoya kiritadi

BMT Ayollar Tashkiloti va ACWA Power Uzbekistan ayollarni iqtisodiy jihatdan kuchaytirish maqsadida hamkorlik bitimini imzoladi. Bu — O‘zbekistonda BMT agentligi va xususiy kompaniya o‘rtasidagi birinchi shunday tashabbus hisoblanadi.

12 oylik sheriklik doirasida ACWA Power $50 ming miqdorida mablag‘ ajratadi. Ushbu mablag‘ BMT Ayollar Tashkilotining ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish (WEE) dasturi doirasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Loyiha doirasida ayollar uchun liderlik va gender tengligi bo‘yicha treninglar, Shirin kollejida “Gender tengligi” fani sinov dasturi, shuningdek, ayollarni ruhlantirish forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

BMT Ayollar Tashkiloti texnik yordam va treninglarni taqdim etsa, ACWA Power tashabbusni moliyalashtirish va amalga oshirishni nazorat qiladi. Hamkorlik 2030-yilgacha gender tengligini ta’minlash strategiyasi hamda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan ayollar faolligini oshirish dasturi maqsadlariga mos keladi.

ACWA Power bosh direktori doktor Jon Zaidi hamkorlik ayollar uchun xavfsizroq ish joylari va teng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi. BMT Ayollar Tashkiloti vakili Seren Guven Gyures esa bunday hamkorlik gender tengligi yo‘lidagi taraqqiyotni tezlashtirishini qayd etdi.

Mazkur kelishuv xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun kirish vizasini bekor qiladi
/
O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun kirish vizasini bekor qiladi
O‘zbekiston va Serbiya $1 mlnlik venchur fondi tashkil etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Serbiya $1 mlnlik venchur fondi tashkil etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda firibgarlar nomiga olingan mikroqarzlarni undirmaslik tizimi joriy etilishi mumkin
/
O‘zbekistonda firibgarlar nomiga olingan mikroqarzlarni undirmaslik tizimi joriy etilishi mumkin