BlackRock O‘zbekistondagi kompaniyalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Prezident Mirziyoyev korporatsiya rahbariyati bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya mexanizmlari masalalarini muhokama qildi

BlackRock O‘zbekistondagi kompaniyalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev Davos shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida AQShning yirik investitsiya korporatsiyasi — BlackRock direktorlar kengashi a’zosi Adebayо Ogunlesi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda investitsiya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va avval erishilgan kelishuvlar ijrosi masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalarda BlackRock ishtirokini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Xususan, amerikalik investorning mahalliy korxonalardagi ulushlarni sotib olish bo‘yicha tashabbuslari muhokama markazida bo‘ldi. Shuningdek, qo‘shma moliyalashtirish instrumentlarini yaratish, xorijiy ekspertiza va ilg‘or xalqaro tajribani jalb etish orqali mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev va Adebayо Ogunlesi 2025-yil sentabr oyida Nyu-Yorkka tashrif chog‘ida ham uchrashgan. O‘shanda energetika, transport va suv infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida strategik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan edi.

Tomonlar, shuningdek, qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish rejasini ma’qullab, ushbu platforma konsepsiyasini ishlab chiqish va keyinchalik umumiy loyihalarni ishga tushirishga kelishib oldi.

Ma’lumot uchun, BlackRock dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, aktivlarni boshqarish va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Korporatsiya boshqaruvidagi jami aktivlar hajmi $11 trlndan oshadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi 12 ta kompaniyani ustun muzokara kuchiga ega subyektlar ro‘yxatiga kiritdi
/
Raqobat qo‘mitasi 12 ta kompaniyani ustun muzokara kuchiga ega subyektlar ro‘yxatiga kiritdi
Jahon banki Markaziy Osiyoda yagona energiya bozorini yaratishga $1 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘naltiradi
/
Jahon banki Markaziy Osiyoda yagona energiya bozorini yaratishga $1 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘naltiradi
2025-yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 4% ga tushdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 4% ga tushdi