“Biznes hamroh” markazlari qanday xizmatlar ko‘rsatishi ma’lum qilindi

Ro‘yxatga audit va yuridik hamrohlikdan tortib ERP, CRM hamda sertifikatlashgacha bo‘lgan 16 ta yo‘nalish kiritildi

“Biznes hamroh” markazlari qanday xizmatlar ko‘rsatishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda tashkil etilayotgan “Biznes hamroh” markazlarida tadbirkorlar foydalanishi mumkin bo‘lgan xususiy xizmatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda prezidentning tegishli qarorida qayd etilgan.

Mazkur markazlarda davlat xizmatlari bilan bir qatorda tijorat xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Xususan, professional, injiniring, moliyaviy va operatsion qo‘llab-quvvatlash, konsalting hamda axborot texnologiyalarini joriy etish xizmatlari taqdim etiladi. Ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun majmualar ma’muriyati ixtisoslashgan kompaniyalarni ijara yoki subijara asosida jalb qiladi.

Tasdiqlangan reyestrga 16 ta faoliyat yo‘nalishi kiritilgan. Ular orasida buxgalteriya va soliq hisobini yuritish, audit, biznes-rejalar tayyorlash hamda bank kreditlarini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari mavjud. Shuningdek, yuridik xizmatlar, ta’sis hujjatlarini tayyorlash va intellektual mulkni himoya qilish masalalari bo‘yicha, jumladan patent vakillari xizmatlari ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlarga eksport-import yuklarini bojxona rasmiylashtiruvi, birjalarda brokerlik faoliyati, xorijiy bozorlarga chiqish uchun tijorat takliflarini tayyorlash xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Ro‘yxatga marketing tadqiqotlari o‘tkazish, logotiplar ishlab chiqish, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish (ERP va CRM tizimlari), kadrlarni tanlash hamda mahsulotlarni ISO va Halal standartlari bo‘yicha sertifikatlash xizmatlari ham kiritilgan.

Savdo-sanoat palatasiga ishbilarmon doiralarining dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib, mazkur xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish vakolati berilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi