Bitkoin narxi rekord darajada — $111 mingdan oshdi

Bu AQSHda inflyatsiya darajasi pasayishi va savdo urushi yumshashi bilan izohlanmoqda

Bitkoin narxi rekord darajada — $111 mingdan oshdi

Bitkoin narxi 22-may kuni tarixda birinchi marta Binance kriptobirjasida $111 mingdan oshdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Toshkent vaqti bilan soat 08:45 da kriptovalyuta $111 880 dan sotildi, keyinroq kurs biroz pasaydi. Bitkoinning 21-may kungi qiymati ilk bor $109,5 mingga yetgandi. AQSH prezidenti Donald Trampning aprel oyida keng ko‘lamli savdo bojlarini joriy etish haqidagi bayonoti fond indekslarida pasayishga sabab bo‘lgandi. Natijada bitkoin kursi $90 mingdan pastlagandi. Biroq bojlarini joriy etishdagi pauza sababli kriptovalyutaning qiymati yana ko‘tarila boshladi.

Bitkoin narxi oshishiga AQSHda inflyatsiya darajasi pasayishi, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi yumshashi, va Moody’s reyting agentligi tomonidan AQSH davlat qarzi bahosining tushirilishi sabab bo‘ldi, deydi Nexo kriptobirjasi asoschilaridan biri Antoni Trenchev.

Bitkoinning hozirgi bozor kapitallashuvi taxminan $2,18 trlnni tashkil etadi. Bu Tesla, Amazon, Alphabet va dunyodagi eng qimmat uchta kompaniya: Microsoft, Apple va Nvidia’dan tashqari boshqa ko‘plab kompaniyalarning kapitallashuvidan ham yuqoridir.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi