Bitkoin narxi rekord darajaga ko’tarildi 

Uning qiymati $75 mingni tashkil etdi 

Bitkoin narxi rekord darajaga ko’tarildi 

Joriy yilning 6 noyabr kuni Bitcoin kursi yangi rekord darajaga yetdi. Bu haqda “Coinmarketcap”dan ma’lum bo’ldi.

Toshkent vaqti bilan 09:25 da bitta stamancoinning narxi $74 820 ni tashkil etdi, oldingi kunga nisbatan 9,5%ga o’sish kuzatildi. 

O’sishning eng yuqori nuqtasi Toshkent vaqti bilan 05:00 dan keyin sodir bo’ldi. Soat 05:55 dan keyin esa Bitcoin joriy yilning mart oyida oshgan nuqtasiga qaytdi.

Ekspertlar kriptovalyuta narxining o’sishini AQSh prezidentlik saylovida Donald Trampning yetakchilik qilayotgani sababli oshayotganini keltirib o’tishdi. Shuningdek, ular yaqin kunlarda yakuniy natijalar e’lon qilingach, kursda keskin o’zgarishlar yuz berishi mumkinligini ham qayd etdilar.

Shu qatorda boshqa kriptovalyutalar orasida ham o’sish kuzatilmoqda. Jumaladan, Ethereum narxi 6,8%ga o’sib, $2590ga yetdi. Solana esa 16,7%ga yuqorilab $186,9ga ko’tarilgan.

Dogecoin esa kuniga 29% o’sish bilan $0,21ga oshib, eng yuqori natijani ko’rsatgan. Toncoin ham 4,3%ga yuqorilab $4,82 ga yetdi. Ammo uning narxi oldingi haftaga nisbatan pasaygan.

Eslatib o’tamiz, 21-oktyabr kuni Bitcoin kursi $69 mingdan oshgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi