Bitkoin $127 mingdan oshib, yangi rekord o‘rnatdi

Kriptovalyutaning o‘sishi dollarning zaiflashishi va spot ETFlarga mablag‘larning rekord darajada oqib kelishi fonida sodir bo‘lmoqda

Bitkoin $127 mingdan oshib, yangi rekord o‘rnatdi

6-oktabr kuni asosiy Bitkoin narxi tarixiy maksimumni yangilab, $127,2 mingga yetdi. Bu haqda Coinspot xabar berdi.

Bitkoin sutka davomida 4% ga qimmatlab, bir kun ichida ikkinchi rekordni o‘rnatdi. Yil boshidan buyon aktivning o‘sishi 33% dan ortiqni tashkil etgan. Narxning keskin oshishi AQSh dollarining zaiflashuvi bilan bog‘liq — uning indeksi yanvar oyidan beri qariyb 10% ga pasaygan. AQShning savdo siyosati bilan bog‘liq noaniqlik sharoitida investorlar kapitalni saqlab qolish uchun muqobil aktivlarni izlamoqda.

Rallining asosiy harakatlantiruvchi kuchi spot bozoridagi xaridlar bo‘ldi. O‘tgan hafta davomida AQShdagi 12 ta bitkoin ETFlariga $3,2 mlrd kiritilgan — bu ularning ishga tushirilganidan beri ikkinchi eng katta ko‘rsatkichdir. Derivativlar bozorida ochiq pozitsiyalar hajmi $75 mlrdga yetgan, bu esa treyderlar faolligining yuqoriligini bildiradi.

Joriy o‘sish minimal likvidatsiyalar fonida kechmoqda — so‘nggi sutkada bozordan atigi $283 mln chiqarilgan. Avvalgi keskin o‘sish davrlarida bu ko‘rsatkich $2 mlrdgacha yetgan edi. Mutaxassislar bu holat barqarorroq o‘sish uchun sharoit yaratishini ta’kidlashmoqda. Prognozlarga ko‘ra, agar makroiqtisodiy vaziyat barqaror bo‘lib qolsa, rallining yil oxirigacha davom etishi mumkin.

Hozirda bitcoin narxi $121 ming atrofida saqlanib turibdi.

Shuningdek, oltin narxi ham rekord darajaga yetdi — O‘zbekistonda 5 gramm uchun 7,9 mln so‘mdan, jahon bozorida esa unsiya uchun $4 mingdan oshdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga subpudratchi tanlandi
/
O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga subpudratchi tanlandi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda
Koreya kompaniyasi Farg‘onada $20 mlnlik loyihani amalga oshiradi
/
Koreya kompaniyasi Farg‘onada $20 mlnlik loyihani amalga oshiradi