Bitkoin rekord darajaga — $124 mingdan oshdi
Uning bozor kapitallashuvi qariyb $2,46 trlnga yetib, dunyodagi eng yirik beshinchi aktivga aylandi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil 14-avgust tongida Bitkoin narxi tarixiy eng yuqori daraja — qariyb $124,1 ga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Bu ko‘rsatkich iyul oyidagi avvalgi rekorddan ham oshdi. O‘sishga AQSh Federal rezerv tizimi foiz stavkalarini pasaytirishi mumkinligi haqidagi optimistik kutishlar hamda kriptovalyuta sohasidagi qulay tartibga solish yangiliklari turtki bo‘ldi.
Narxlarning keskin oshishi natijasida Bitkoin bozor kapitallashuvi qariyb $2,46 trlnga yetib, Googleni ortda qoldirdi va dunyodagi eng yirik beshinchi aktivga aylandi. Bu rally Bitkoin va Ethereum ETF’lariga kuchli mablag‘ oqimi hamda AQSh inflyatsiyasining barqarorligini ko‘rsatgan ijobiy makroiqtisodiy ma’lumotlar fonida yuz berdi.
Mutaxassislarning fikricha, agar Bitkoin $125 ming darajasidan barqaror yuqoriga chiqsa, u $150 ming va undan yuqori darajalarga ko‘tarilishi mumkin. Bunga bozor ishtiyoqining ortishi va institutsional investorlar ishtirokining kengayishi yordam beradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ