Bitkoin narxi $122 mingdan oshdi

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, narx $125 minggacha yetishi mumkin

Bitkoin narxi $122 mingdan oshdi

Bitkoin qiymati ilk bor $122 mingdan oshib, yangi rekord o‘rnatdi.

Dushanba kuni bitkoin narxi $120 mingdan ko‘tarilib, rekord darajadagi $122 571,19 ga yetdi. Keyinroq kurs biroz tushib, $121 952,61 da turdi, bu avvalgi qiymatdan 2,4% yuqori edi.

Bozor AQSH Vakillar palatasida raqamli aktivlarni tartibga solish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qator qonun loyihalarining kutilayotgan muhokamasiga munosabat bildirmoqda. Tashabbuslar Donald Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, u ilgari amaldagi qoidalarni soha manfaatlarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlagan edi.

IG Markets tahlilchisi Toni Saykamorning ta’kidlashicha, bitkoinning o‘sishi institutsional investorlarning yuqori qiziqishi, kelajakdagi o‘sish kutilmalari va siyosiy signallar bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy dinamika saqlanib qolsa, bitkoin narxi $125 ming dollarga yaqinlashishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi