Universitet bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha 18% li kredit beriladi

Imtiyozli kredit olgan korxona bitiruvchini 2-yil ichida ishdan bo‘shatsa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgaradi

Universitet bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha 18% li kredit beriladi

Kapital.uz avval xabar berganidek, 8-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’kidlanishicha, yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga $300 mln resurs ajratilgan. Bitiruvchilarning ko‘pchiligi katta kredit olib, qaytara olmasligidan xavotir olayotgani uchun imtiyozli kredit resursining bir qismini bitiruvchini ishga olgan korxonalarga ham berish taklifi ma’qullandi.

Endi ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha 18% li kredit beriladi.

Masalan, 1 mlrd so‘mgacha kredit olganlar kamida 1 nafar, 5 mlrd so‘m olganlar esa 5 nafar bitiruvchini ishli qiladi. Imtiyozli kredit olgan korxona bitiruvchini 2-yil ichida ishdan bo‘shatsa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgaradi. Ushbu yangi tizim nafaqat bu yilgi, balki oliygohni tugatganiga 3-yil bo‘lmagan bitiruvchilar uchun ham amal qiladi.

Davlat rahbari rektorlar vakolatini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

Endilikda, “Yangi O‘zbekiston” universitetining baholash tizimi oliygohlarda ham yo‘lga qo‘yiladi. Moliyalashtirish oliygohlar to‘plagan ballariga qarab amalga oshiriladi.

Oliygohlarga bitiruvchilar bandligiga qarab – 40 ball, ilmiy tadqiqotlar uchun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotishiga qarab – 30 ball, ilmiy salohiyati, tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uchun – 20 ball; tadqiqotlar uchun jalb qilgan mahalliy va xorijiy grant uchun 10 ballgacha beriladi.

Masalan, Qarshi texnika universiteti jami ballarning 85% ini to‘plasa, bu yilgi byudjetdan berilayotgan 78 mlrd so‘mga qo‘shimcha 20% lik bonus beriladi. Agar 56% dan kam to‘plasa, keyingi o‘quv yiliga moliyalashtirish qisqaradi.

Milliy universitet, Irrigatsiya kabi ilmiy oliygohlar, Madaniyat va san’at, Konservatoriya kabi ijtimoiy oliygohlarni texnika yo‘nalishidagi amaliy oliygohlar bilan tenglashtirib bo‘lmasligi qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xususiy sektorni ishchi kuchi bilan ta’minlash uchun yangi tizim yaratiladi
/
O‘zbekistonda xususiy sektorni ishchi kuchi bilan ta’minlash uchun yangi tizim yaratiladi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
“TBC Uzbekistan” ning sof foydasi yarim yil ichida 30% ga o‘sdi
/
“TBC Uzbekistan” ning sof foydasi yarim yil ichida 30% ga o‘sdi