Bitcoin yangi rekord o‘rnatib, $106 mingdan oshdi

Kurs yetti hafta ketma-ket o‘sishda davom etmoqda

Bitcoin yangi rekord o‘rnatib, $106 mingdan oshdi

Bitcoin narxi yana bir bor rekord darajaga chiqdi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Toshkent vaqti bilan soat 05:40 da kriptovalyuta $106,6 ming darajasida savdoda bo‘lgan, ammo 40 daqiqa o‘tib narx $105,4 mingga tushgan.

Avvalroq Kapital.uz Bitcoin qiymati birinchi marta $100 mingdan oshgani haqida yozgan edi.

Bitcoin narxining keskin ko‘tarilishi AQSHdagi prezidentlik saylovlarida Donald Trampning g‘alaba qozongani bilan bog‘liq. Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasida bitkoin va kriptovalyuta sektorini qo‘llab-quvvatlashini hamda ularning rivojlanishiga yordam berishini bildirgan edi.

VanYeck investisiya kompaniyasining raqamli aktivlar bo‘yicha tadqiqotlar bo‘limi rahbari Metyu Sigelning ta’kidlashicha, 2025-yilning o‘rtalariga borib Bitcoin narxi $180 mingga yetishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi