Bitcoin qiymati yangi rekordni yangiladi

Uning narxi tarixda birinchi marta $100 mingdan oshdi

Bitcoin qiymati yangi rekordni yangiladi

Bitcoin qiymati birinchi marta $100 mingdan oshdi. Bu haqda “CoinDesk” xabar bermoqda.

Toshkent vaqti bilan soat 07:33 da kripto valyutasining qiymati birinchi marta $100 mingdan oshdi. Bir necha daqiqadan so’ng u $101 mingga yetdi va hozirgi vaqtda u $103 mingga sotilmoqda.

Oldingi rekord bir necha hafta oldin Bitcoin qiymati $94 ga yetganida o’rnatilgan edi. Tahlilchilar bu keskin o’sishni bir qator sabablar bilan izohlaydilar, jumladan Donald Trampning AQSh prezidenti saylovidagi g’alabasi va institutsional investorlarning kriptovalyutalarga bo’lgan qiziqishi ortdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi