Birjada propan narxi 8 kunda 15%ga oshdi

Chakana bozorda propan narxi yil boshidagi 6 100–6 200 so‘mdan 6 800–7 000 so‘mgacha oshdi

Birjada propan narxi 8 kunda 15%ga oshdi

So‘nggi savdolarda propan narxi yana oshdi. Kechagi birja savdolarida propan bahosi 615,9 ming so‘mga ko‘tarilib, deyarli 9,3 mln so‘mga yetdi. Narxlarning keskin oshishiga qaramay, savdolar hajmi 2 ming tonnadan oshmadi.

Yil boshidan buyon, ya’ni so‘nggi 8 kun ichida propanning birjadagi narxi qariyb 15%ga oshgan. Chakana bozorda ham narxlar o‘sdi: agar yil boshida propan 6 100–6 200 so‘m atrofida sotilgan bo‘lsa, hozirda ayrim shoxobchalarda narxlar 6 800–7 000 so‘mgacha yetgan.

Umuman olganda, 2025-yil davomida propanning birja narxi 27,6%ga oshgan. Xususan, narx 6 340,2 ming so‘mdan 8 087,3 ming so‘mgacha ko‘tarilgan. Faqat dekabr oyining o‘zida propan bahosi qariyb 13%ga oshdi.

Birjadagi narxlar chakana bozorda ham tez aks etmoqda. Yangi yil arafasida propan 6 100–6 200 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, yangi yilning ilk ish haftasida poytaxtda narxlar 6 600 so‘mgacha, ayrim hududlarda esa bundan ham yuqori darajaga ko‘tarildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank: 2025-yilda O‘zbekistonda 37 ta mikromoliya tashkiloti va bitta bank ish boshladi
/
Markaziy bank: 2025-yilda O‘zbekistonda 37 ta mikromoliya tashkiloti va bitta bank ish boshladi
O‘zbekistonda ayrim bojxona postlarida tajriba tariqasida ish tartibi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda ayrim bojxona postlarida tajriba tariqasida ish tartibi o‘zgartiriladi
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
/
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi