Raqobat qo‘mitasi 2024-yilda 156 ta birja tashkilotlariga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Xususan, 55 ta holatda narxlar sun’iy oshirilishi natijasida 77 mlrd so‘mlik mablag‘ asossiz o‘zlashtirilgan

Raqobat qo‘mitasi 2024-yilda 156 ta birja tashkilotlariga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tgan 2024-yilda 165 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi bo‘yicha 156 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Jumladan, 55 ta holatda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlar sun’iy oshirilishi bilan bog‘liq manipulyatsiya harakatlari sodir etilganligi va buning natijasida 77,7 mlrd so‘m mablag‘lar asossiz olinganligi aniqlanib, ushbu mablag‘larni qaytarish  yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, 94 ta xo‘jalik yurituvchi subyektga «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.

Jumladan, Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “BEKOBODSEMENT” AJ yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi syement mahsulotini birja savdolariga qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan. Natijada, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilib, asossiz daromad olingan.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MCHJ tomonidan ham manipulyasiya harakatlari amalga oshirilib, asossiz daromad olingani aniqlangan.

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “GTL GAZ” MCHJ ham manipulyasiya holatlarini sodir etib, asossiz daromad olganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi
/
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi
O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi
/
O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
/
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi