O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi

Ishlarning asosiy qismi bino va inshootlar qurilishiga to‘g‘ri keldi

O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida qurilish ishlari hajmi 74 trln so‘mga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 trln so‘mga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ishlarning asosiy qismi bino va inshootlar qurilishiga to‘g‘ri keldi — 51,6 trln so‘m. Fuqarolik obyektlari qurilishiga 14,4 trln so‘m, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga 7,9 trln so‘m sarflangan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan ishlar ulushi 50,3% yoki 37,2 trln. so‘mdan oshdi va 7,2% ga o‘sdi. Norasmiy sektorda qurilish 4,8% ga o‘sdi va umumiy hajmning 26,8% — qariyb 19,9 trln so‘mni tashkil qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi