Yanvar–mart oylarida mikromoliya tashkilotlari fuqarolarga 6,2 trln so‘m kredit ajratgan

Jismoniy shaxslar 58% holatda 10 mln soʻmgacha, yuridik shaxslar 57% holatda 100-200 mln so‘mgacha kreditlar olgan

Yanvar–mart oylarida mikromoliya tashkilotlari fuqarolarga 6,2 trln so‘m kredit ajratgan

Markaziy bank tomonidan 2025-yilning I chorak yakunlari boʻyicha mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning asosiy hamda moliyaviy holati haqida sharh e’lon qilindi.

2025-yilning 1-choragida mikromoliya xizmatlari bozorida yangi ishtirokchi sifatida 14 ta mikromoliya tashkiloti ish boshladi. Ular tomonidan 63 ta filial (shundan 41 tasi mikromoliya tashkiloti, 22 tasi esa lombardlar) tashkil etildi. Natijada, mamlakatdagi umumiy mikromoliya tashkilotlari va lombardlar soni 206 taga yetdi. Ularning ichida:

  • mikromoliya tashkilotlari – 114 ta (filiallar soni – 277 ta),

  • lombardlar – 92 ta (filiallar soni – 93 ta).

Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi mikromoliya tashkilotlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 taga oshib, 2025-yil 1-choragi yakuniga ko‘ra 20 taga yetdi. Bularning ichida 12 tasi mikromoliya tashkiloti, 8 tasi esa lombardlar hisoblanadi.

Faoliyat yuritayotgan mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning eng katta qismi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, bu yerda 57 ta mikromoliya tashkiloti va 47 ta lombard mavjud. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida esa 19 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombard faoliyat yuritmoqda.

Bosh ofislar joylashuvi bo‘yicha esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Qashqadaryo viloyatida atigi 1 tadan tashkilot mavjud.

Mazkur tashkilotlar filiallari dislokatsiya boʻyicha Toshkent shahrida lombardlarning 31 ta filiallari va mikromoliya tashkilotlarining 28 ta filiallari faoliyat yuritsa, Sirdaryo viloyatida mazkur koʻrsatkich mos ravishda jami 2 ta va 8 tani tashkil etadi.

2025-yilning yanvar–mart oylarida mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan jami 6,2 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobar oshgan.

Ajratilgan kreditlarning:

  • 90%i yoki 5,6 trln so‘mi mikromoliya tashkilotlari hissasiga;

  • 10%i yoki 0,6 trln so‘mi esa lombardlarga to‘g‘ri kelgan.

Kreditlash amaliyotlarining oʻsish surʼati mikromoliya tashkilotlarida 2,3 barobar va lombardlarda 1,4 barobarni tashkil etgan.

Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan ajratilgan kreditlarning 6,1 trln soʻmi yoki 97% i jismoniy shaxslarga va 186 mlrd soʻmi yoki 3%i yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Kreditlar segmentatsiyasi

Ajratilgan kreditlar segmentatsiyasida 2025- yilning yanvar- mart oylari davomida ajratilgan onlayn kreditlarning jami mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan ajratilgan kreditlardagi ulushi 59% ni tashkil etgan etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 26% bandga ortgan.

Onlayn kreditlash hajmining keskin oshishi jismoniy shaxslar tomonidan “Uzum Market” elektron platformasi, “Uzum Tezkor” yetkazib berish xizmati va “Uzum Nasiya” ga Nasiya” ga ulangan boshqa boshqa savdo shahobchalardan tovar xomashyo sotib olishda, “Shaffof- Moliya” (1,2 trln so’m) va “TezCoin” (2,4 trin so’m) mikromoliya tashkilotlari tomonidan onlayn kreditlar ajratilishi bilan izohlanadi.

Islomiy moliyalashtirish

Mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyalashtirishga oid “murobaha”, “islomiy ijara”, “salam”, “mushoraka” va “muzoraba” xizmatlari koʻrsatilishiga ruxsat etilgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida 415 mln soʻmlik islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatilgan boʻlib, ushbu koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlarning barchasi “murobaha” xizmatiga toʻgʻri keladi.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar

2025-yilning yanvar-mart oylarida ajratilgan kreditlarning 58%i 10 mln soʻmgacha boʻlgan kreditlarni, 10-20 mln soʻmgacha boʻlgan kreditlar ulushi 16%ni, 20-50 mln soʻmgacha boʻlgan kreditlar ulushi 15% ni va 50-100 mln soʻmgacha boʻlgan kreditlar ulushi 11% ni tashkil etgan.

Oʻtgan bir yilda 10 mln soʻmgacha boʻlgan kreditlar 15% ga, 10-20 mln soʻmgacha boʻlgan kreditlar 2% ga oshgan boʻlsa, 20-50 mln soʻmgacha boʻlgan kreditlar 12% ga va 50-100 mln soʻm miqdoridagi kreditlarda 5% ga kamaygan.

Yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar

Yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar miqdorlari segmentatsiyasida 100-200 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar ulushi 57% ni, 200-300 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar ulushi 23% ni, 300 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan kreditlar ulushi 8% ni, 50-100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar ulushi 7% ni va 50 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar ulushi 5% ni tashkil etgan.

2024-yilning choragidan joriy yilning hisobot sanasiga qadar 300 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan kreditlar 4% bandga hamda 200-300 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar 1% bandga oshgan bo‘lsa, 50-100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar 4% bandga va 50 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar ulushi 1% bandga kamaygan. Shuningdek, 100-200 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlarning jami yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlardagi ulushi o‘zgarmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank may oyida 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
/
Markaziy bank may oyida 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
O‘zbekistonda 80% bank mijozlari xizmatlardan mamnunligini bildirgan
/
O‘zbekistonda 80% bank mijozlari xizmatlardan mamnunligini bildirgan
O‘zbekistonda dollar kursi o‘tgan yilgi darajaga tushib ketdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘tgan yilgi darajaga tushib ketdi