O‘zbekistonda kuniga piyoda 10 ming qadam yurganlarga imtiyozlar belgilanmoqda

Ekofaol fuqarolarga ayrim banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma beriladi

O‘zbekistonda kuniga piyoda 10 ming qadam yurganlarga imtiyozlar belgilanmoqda

O‘zbekistonda aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurishni targ‘ib qilish;
  • yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10% chegirma va davlat ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
  • oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil berish;
  • aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini o‘tkazish va g‘olib bo‘lgan mahallalar jamg‘armasiga bolalar maydonchasini qurish, yashil bog‘ yaratish hamda chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini o‘rnatishga 500 million so‘m ajratish.

Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi elektron platforma 2025-yil 1-iyungacha ishga tushirilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilga borib IT Park rezidentlari soni 3 mingga yetadi
/
2025-yilga borib IT Park rezidentlari soni 3 mingga yetadi
Markaziy bank notanish qo‘ng‘iroqlarga javob berganda bank kartasidan pul yechilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
/
Markaziy bank notanish qo‘ng‘iroqlarga javob berganda bank kartasidan pul yechilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
“Oson” to‘lov xizmati 288 mln qiymatidagi aksiyalarini sotuvga chiqardi
/
“Oson” to‘lov xizmati 288 mln qiymatidagi aksiyalarini sotuvga chiqardi