Jeff Bezos Amazon aksiyalarini $4 mlrdga sotdi
U 2025-yil oxirigacha kamida yana shuncha miqdorini sotishni rejalashtirgan

Фото: Lefteris Pitarakis / AP
Jeff Bezos 24 million Amazon aksiyalarini $4 mlrdga sotdi. Bu qimmatli qog’ozlar va birja komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlardan ma’lum bo’ldi.
9-12 fevral kunlari Bezos Amazonning 12 millionga yaqin aktsiyalarini sotdi, ularning narxi $171 dan $174,8 gacha bo’lgan, o’tgan hafta 7-8 fevral kunlari sotilgan aksiyalarni hisobga olgan holda u jami $4,12 mlrdga yaqin aksiyalarini sotdi.
Fevral oyida Amazon milliarder 2025-yil yanvar oyi oxirigacha 50 mlngacha aktsiyalarini sotishni rejalashtirayotganini e’lon qildi.
1994 yilda Bezos Amazon kompaniyasini tashkil etdi, u dastlab kitoblar va elektron mahsulotlar sotadigan onlayn-do’kon sifatida ishlagan. 2019 yil yanvar oyida Amazon Microsoft’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi, o’sha yilning iyun oyida u sayyoradagi eng qimmat brendlar reytingida birinchi o’rinni egalladi. Bezos kompaniyani tashkil etilganidan 2021-yil 5-iyungacha boshqargan va u yerda lavozimidan iste’foga chiqqan va Amazon direktorlar Kengashiga rahbarlik qilgan va kompaniyaning 9% ning eng yirik aksiyadori bo’lib qolgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ