O‘zbekiston va yana to‘rtta davlat yagona tranzit ruxsatnomasini joriy qiladi

Yangi tizim logistika kompaniyalariga ushbu davlatlar chegaralarini yagona hujjat asosida kesib o‘tish imkonini beradi

O‘zbekiston va yana to‘rtta davlat yagona tranzit ruxsatnomasini joriy qiladi

Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Yevropa–Kavkaz–Osiyo transport yo‘lagi (TRASEKA) hukumatlararo komissiyasining 18-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Ukraina logistika uchun yagona ruxsatnoma blankasidan foydalanish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston poytaxtida TRASEKAga a’zo davlatlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning o‘rinbosari Jasurbek Choriyev va milliy koordinator Bekzod Xolmatov boshchilik qildi.

Yig‘ilishning asosiy amaliy natijalaridan biri tranzit uchun yagona blankani joriy etish bo‘yicha bitimning tasdiqlanishi bo‘ldi. Hujjatni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Ukraina imzoladi.

Yangi tizim logistika kompaniyalariga ushbu davlatlar chegaralarini yagona hujjat asosida kesib o‘tish imkonini beradi. Bu qo‘shimcha hujjatlarni rasmiylashtirish zaruratini kamaytirib, ma’muriy to‘siqlarni qisqartirishi va yuk yetkazib berish jarayonini tezlashtirishi kutilmoqda.

Yig‘ilish kun tartibida tashkilot rahbarini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston nomzodi — transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev TRASEKA bosh kotibi etib saylandi.

Shuningdek, Ilhom Mahkamov logistika yo‘nalishini takomillashtirish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. U jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, qog‘ozsiz tizimga o‘tish, yo‘llardagi mavjud cheklovlarni bekor qilish, huquqiy bazani xalqaro standartlarga moslashtirish va xalqaro institutlar mablag‘larini jalb etishni taklif qildi.

Yig‘ilish yakunida logistika sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va Doimiy kotibiyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bankomatdagi muvaffaqiyatsiz operatsiyalarni tezroq qaytarish talabini kiritdi
/
Markaziy bank bankomatdagi muvaffaqiyatsiz operatsiyalarni tezroq qaytarish talabini kiritdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
Toshkentda to‘xtash qoidalarini buzgan haydovchilarga qarshi nazorat kuchaytiriladi
/
Toshkentda to‘xtash qoidalarini buzgan haydovchilarga qarshi nazorat kuchaytiriladi