Yoqilg‘i mahsulotlari uchun aksiz soliq stavkalari o‘rtacha 10% ga oshiriladi

Xususan, 80 benzini 1 tonna uchun  340 000 so‘mdan  375 000 so‘mga oshirilishi rejalashtirilgan

Yoqilg‘i mahsulotlari uchun aksiz soliq stavkalari o‘rtacha 10% ga oshiriladi

2025-yil 1-apreldan boshlab benzin, dizel yoqilg‘isi, gaz va boshqa neft mahsulotlari uchun aksiz stavkalari o‘rtacha 10% ga oshiriladi. Bu o‘zgarishlar Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlar qatorida ko‘rsatilgan.

Avvalgi indeksatsiya 2024-yil aprel oyida amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda stavkalar o‘rtacha 12% ga oshirilgandi. Shuningdek, tabiiy gaz uchun aksiz stavkasi 2025-yil 1-yanvardan 20% dan 12% ga tushiriladi. 1-apreldan esa barcha turdagi benzin uchun yakuniy iste’molchilarga aksizlar oshiriladi.

  1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig‘i:
  • Ai-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun  340 000 so‘mdan  375 000 so‘mga;
  • Ai-91 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun  303 000 so‘mdan  335 000 so‘mga;
  • aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 271 000 so‘mdan 300 000 so‘mga;
  • dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 326 000 so‘mdan 360 000 so‘mga;
  • ekodizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 293 000 so‘mdan 325 000 so‘mga;
  1. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i:
  • Ai-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 633 000 so‘mdan 700 000 so‘mga;
  • Ai-91 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 so‘mdan 621 000 so‘mga;
  • dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 578 000 so‘mdan 635 000 so‘mga;
  • suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 904 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mga oshishi belgilangan.

Avvalroq Kapital.uz birjadagi 80 benzin savdosi qariyb 2 karra oshgan haqida yozgan edi

Shuningdek, yangilangan Kodeksga ko‘ra, Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda tunda avtobus yo‘laklarida boshqa transportlar harakatlanishi mumkin bo‘ladi
/
Endilikda tunda avtobus yo‘laklarida boshqa transportlar harakatlanishi mumkin bo‘ladi
“Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlar narxini pasaytirdi
/
“Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlar narxini pasaytirdi
O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozilmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozilmaydi