30.12.2025 | 19:31
Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
4-yanvar kuniga qadar esa qatnovlar yakshanba kuni uchun belgilangan ish tartibi asosida amalga oshiriladi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Toshkent shahrida avtobuslar 31 dekabdan 1-yanvarga o‘tar kechasi soat 1:00 ga qadar harakatlanadi. Bu haqda Toshkent shahri transport bosh boshqarmasi xabar qildi.
1-yanvardan 4-yanvar kuniga qadar shahar avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar yakshanba kuni uchun belgilangan ish tartibi asosida tashkil etiladi.
Avvalroq metro ham 1-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metrosi soat 1:00 gacha ishlashi haqida xabar berilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ