Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami arafasida poyezd qatnovlari soni oshirildi
19–25-mart kunlari yo‘lovchi poyezdlarida jami 25 000 ta qo‘shimcha o‘rin yaratildi
Muborak Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayramlari davrida yo‘lovchilarning o‘z manzillariga xavfsiz yetib borishlarini ta’minlash maqsadida 2026-yilning 19–25-mart kunlari aholi talabini qondirish uchun jami 25 000 ta qo‘shimcha o‘rin yaratildi.
Qo‘shimcha “Afrosiyob” reyslari:
- Toshkent — Samarqand — Toshkent: 19–21-mart kunlari (6 ta reys);
- Toshkent — Buxoro — Toshkent: 19, 20, 21, 22, 23 va 25-mart kunlari amalga oshiriladi.
19-24-mart kunlari Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdlari harakati jadvali quyidagicha
- №778-sonli poyezd: Toshkent (Markaziy) 06:10 — Buxoro;
- №777-sonli poyezd: Buxoro 18:08 — Toshkent.
Shuningdek, 2026-yilning 19-25 mart kunlari “Toshkent – Xiva – Toshkent”, “Toshkent – Shovot – Toshkent”, “Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent” hamda “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga 4 tadan qo‘shimcha vagonlar ulanadi. Ushbu kunlari yo‘nalishdagi amaldagi reyslar orqali qo‘shimcha ulanadigan vagonlar orqali tashiladigan yo‘lovchilar soni 21 500 nafarni tashkil etadi.
Chiptalarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temir yo‘l kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. Safaringizni oldindan rejalashtiring!
Sayt: www.railway.uz
Facebook: @uzrailway
Instagram: @uzrailways_uz
Telegram: @uzrailways_uz
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ