Bir yilda “AAA” toifadagi tadbirkorlar soni 45 barobarga oshdi

Shuningdek, tadbirkorlarning 1,8 trln so‘mlik QQS summasi keshbek sifatida qaytarilgan

Bir yilda “AAA” toifadagi tadbirkorlar soni 45 barobarga oshdi

2024-yildan buyon Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi orqali “AAA” toifadagi tadbirkorlar soni 45 barobarga oshgan. Bunday toifadagi tadbirkorlarning 1,8 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan. 

Savdo-sanoat palatasi reyting bilan yil davomida erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi. 

Xabarda aytilishicha, tadbirkorlar subyektlarini faoliyatini tekshirishlar soni 2 barobarga kamayib, korxonalarda ishchi xodimlar soni 2,7 barobarga oshgan. 

Soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etayotgan tadbirkorlar soni 53,5 mingtaga ortdi. Quyi “D” toifadagi tadbirkorlar soni 2 barobarga qisqardi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi davomida Senat yuqori barqarorlik reytingiga ega biznes uchun soliq imtiyozlarini tasdiqlagan edi. 

Keyinchalik, 2024-yil 1-fevraldan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish haqidagi Prezident qarori imzolangan edi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi