Markaziy bank garov asosida barqaror banklarga kredit ajratadi

Bunda Markaziy bankdan 2 haftadan 3 oygacha kredit olish mumkin 

Markaziy bank garov asosida barqaror banklarga kredit ajratadi

Tijorat banklarining likvidligini favqulodda qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit ajratish tartibi to‘g‘risida nizom belgilandi. Bu haqida Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Nizomga ko‘ra, Markaziy bank kreditni tijorat banklariga garov asosida ikki haftagacha muddatda likvidlikni tiklash rejasi va pul oqimlari prognoziga ko‘ra kunlik taqdim etadi. Zarurat bo‘lsa, kredit muddatini uch oygacha uzaytirish mumkin. 

Bu tartib banklar to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, vaqtinchalik likvidlik taqchilligi yuzaga kelgan hollarda qo‘llaniladi.

Tijorat banklari kredit olish tartibi quyidagicha: 

  1. Bank likvidlik taqchilligi sababini asoslab, so‘rovnomani Markaziy bankka yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.  
  2. Markaziy bank so‘rovni 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.  
  3. Kredit ajratishga qaror qilingan taqdirda, tomonlar o‘rtasida kredit va garov shartnomalari tuziladi.  

Kredit faqat bank aktivlari bilan to‘liq ta’minlangan holda ajratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
/
“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
/
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
/
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi