Barceló Hotel Group Toshkentda Markaziy Osiyodagi ilk mehmonxonasini ochishi mumkin

Poytaxtda Ispaniyaning mehmonxona tarmog‘i loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Barceló Hotel Group Toshkentda Markaziy Osiyodagi ilk mehmonxonasini ochishi mumkin

Toshkentda Ispaniyaning Barceló Hotel Group mehmonxona tarmog‘ining yangi mehmonxonasini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Toshkent shahar Turizm boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, “Toshkent investitsiya kompaniyasi” AJ hamda shahar Turizm boshqarmasi vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Tomonlar Toshkentda Barceló Hotel Group’ning Markaziy Osiyodagi ilk mehmonxonasini ochish imkoniyatini muhokama qildi. Muzokaralar davomida loyiha konsepsiyasi, investitsiya imkoniyatlari va hamkorlikning keyingi bosqichlari ko‘rib chiqildi.

Barceló Hotel Group Ispaniyaning yirik mehmonxona tarmoqlaridan biri bo‘lib, kompaniya 30 dan ortiq mamlakatda mehmonxonalarni boshqaradi.

Loyihaning amalga oshirilishi Toshkentda xalqaro mehmonxona brendlari ishtirokini kengaytirish va zamonaviy mehmonxona xizmatlari taklifini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Serbiya sanoat sherikligini rivojlantirish bo‘yicha qoʻshma harakatlar rejasi qabul qildi
/
O‘zbekiston va Serbiya sanoat sherikligini rivojlantirish bo‘yicha qoʻshma harakatlar rejasi qabul qildi
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari $72,13 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari $72,13 mlrdga yetdi
O‘zbekistonlik quruvchilar Serbiyada temiryo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qiladi
/
O‘zbekistonlik quruvchilar Serbiyada temiryo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qiladi