O‘zbekistondagi banklarning o’tgan to‘qqiz oylik moliyaviy natijasi ma’lum bo‘ldi

Tijorat banklarining ushbu davrdagi jami sof foydasi 0,78% oshdi

O‘zbekistondagi banklarning o’tgan to‘qqiz oylik moliyaviy natijasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi banklarning o’tgan to‘qqiz oylik moliyaviy natijasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Bankres.uz” nashri xabar berdi

Unga ko’ra tijorat banklarining ushbu davrdagi jami sof foydasi 8 trln 85 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan atigi 62,7 mlrd so‘m (0,78%)ga ko‘proq. Sof foyda ko‘rsatkichi bo‘yicha TOP-10 ta bankning ikkitasi davlat banki, qolgan sakkiztasi xususiy va boshqa banklar.

Shuningdek, xususiy banklarning o’tgan davr mobaynida sof foyda dinamikasida ijobiy o‘zgarish kuzatilgan. Ammo, beshta bank bu davrni moliyaviy zarar bilan yakunlagan. Jami 18 ta tijorat bankining sof foydasida o‘tgan yilga nisbatan kamayish kuzatilgan.

Davlat banklaridan eng ko‘p sof foydani 1 trln 381 mln so‘m bilan O‘zmilliybank qayd etgan. Bu o’tgan yilga nisbatan 11,1%ga yuqorilagan.O‘zsanoatqurilishbank hamda Xalq bankida ham sof foyda ko‘rsatkichi o‘sgan. 

2023-yil bilan solishtirganda 7ta davlat bankida sof foyda kamaygan. Biznesni rivojlantirish banki (-279,1 mlrd so‘m , Asakabank (-57,1%), Agrobank (-79%), Aloqabank (-90,8%) hamda Mikrokreditbank (-78,1%)larda sof foyda ko‘rsatkichi o‘tgan yil bilan taqqoslaganda sezilarli ravishda pasaygan.

Davlat nazoratida bo‘lmagan banklardan Hamkorbank (1 trln 41 mlrd so‘m) reytingda ikkinchi o‘rinda turibdi. Uchinchi o’rinni Kapitalbank(921,9 mlrd so‘m) egallagan. 

Shuningdek, sof foydasini “yarim milliard”lik marradan oshirganlar qatorida Oriyent Finans bank (688,7 mlrd so‘m), Ipak Yo‘li banki (682,3 mlrd so‘m) hamda Trastbank (554,4 mdrd so‘m)lar bor.

Shu bilan birga, o’tgan 9 oy davomida TBC Bank 274,4 mlrd so‘m foyda olgan, bu ko’rsatkich 2023-yilda 12,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. Octobank sof foydasi ham 660,8%lik o‘sishni qayd etgan.

Xususiy banklardan 4 tasi AVO Bank (-83,4 mlrd so‘m), Hayot Bank (-22,5 mlrd so‘m), Apex Bank (-29,1 mlrd so‘m) va Yangi bank (-16,3 mlrd so‘m)lar bu davrni moliyaviy zarar bilan yakunlagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
/
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
/
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
“Yandex Uzbekistan” direktori taksichilarga joriy etilayotgan hududiy cheklovlarga munosabat bildirdi
/
“Yandex Uzbekistan” direktori taksichilarga joriy etilayotgan hududiy cheklovlarga munosabat bildirdi