O‘zbekistonda bank kartalari soni 63,7 mln donaga yetdi
Eng ko‘p bank kartasiga ega bank — Xalq banki bo‘lib, unda bank kartalari soni 11 mlndan ortiq

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan bank kartalari soni 63,7 mln donani tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Hozirda eng ko‘p bank kartasiga ega bank — Xalq banki bo‘lib turibdi. Uning muomaladagi kartalari soni 11 mln donani tashkil etmoqda. Shunga qaramay, yil boshidan beri ushbu bankning kartalari soni 1,4 mlnga kamaygan.
Keyingi o‘rinlarda:
- Agrobank — 5,7 mln karta;
- TBC Bank — 4,96 mln;
- Ipoteka bank — 4,94 mln;
- Octobank — 4,6 mln;
- Milliy Bank — 4 mln.
Bankomatlar bo‘yicha yetakchi banklar:
Eng ko‘p bankomat va infokiosklarga to‘lov tashkilotlari egalik qilmoqda — jami 17 ming 994 ta.
Banklar kesimida esa:
- Xalq banki — 3 mingta bankomat;
- Agrobank — 2 mingta;
- Kapitalbank — 1,4 mingta;
- Ipak Yo‘li banki — 972 ta;
- Milliy bank — 894 ta.
To‘lov terminallari soni bo‘yicha yetakchi banklar esa quyidagicha:
- Xalq banki — 45 mingta;
- Hamkorbank — 43 mingta;
- Milliy bank — 39 mingta;
- Agrobank — 34 mingta;
- Ipoteka bank — 34 mingta.
Shu davr ichida terminallar orqali olingan jami tushum 139,98 trln so‘mni tashkil etdi. Eng katta tushum esa Aloqabank hissasiga to‘g‘ri keldi — 16,1 trln so‘m.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ