O‘zbekistonda 14 yoshdan boshlab shaxsiy bank kartalari ochishga ruxsat berildi

Bu yoshga to‘lmagan bolalarga bank kartasini faqat ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi bilan rasmiylashtirish mumkin

O‘zbekistonda 14 yoshdan boshlab shaxsiy bank kartalari ochishga ruxsat berildi

Adliya vazirligi bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishiga oid yangi tartiblarni belgilovchi buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Ushbu hujjat bilan foydalanuvchi subyektlarga koʻra bank kartalarining turlari kengaytirilgan boʻlib. Bunga quyidagilar kiradi:

  • biznes bank kartasi – yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga oʻz hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarish imkonini beradi;
  • ijtimoiy bank kartasi – ijtimoiy va boshqa toʻlovlardan tushgan mablagʻlarni boshqarish uchun moʻljallangan.

Oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini chiqarish va ularni mobil ilovalar orqali foydalanuvchini identifikatsiyalagan holda aktivlashtirish tartibi belgilandi.

Endilikda 14-18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar oʻzlari mustaqil, 14 yoshgacha boʻlganlar esa ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida tijorat banklarida bank kartasini ochishlari mumkin boʻladi.

Ushbu buyruq bilan yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlarni korporativ bank kartalari orqali toʻlash imkoniyati yaratildi.

O‘zbekistonda 2025-yil 1-may holatiga ko‘ra muomalada bo‘lgan bank kartalari soni 63,7 mln donani tashkil etgan. Hozirda eng ko‘p bank kartasiga ega bank — Xalq banki bo‘lib turibdi. Uning muomaladagi kartalari soni 11 mln donaga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
/
Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
/
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi