O‘zbekistonda 3 ta bank mikromoliya va faktoring korxonalari ta’sis qilindi
“Agrobank”, “Biznesni rivojlantirish banki” va “Turonbank” shular jumlasidan

“Agrobank”, “Biznesni rivojlantirish banki” va “Turonbank” ham bank muassisligidagi mikromoliya va faktoring xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarini ochdi.
Xususan, “Turonbank” “Turon faktoring” MCHJ va “Turon mikromoliya” MCHJ korxonalarini tashkil qildi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilindi.
Shu bilan birga, “Agrobank” mikromoliya va faktoring xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Microfinance Service» MCHJ hamda «Factoring Service» MCHJlarni tashkil qilganini e’lon qildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan «BRB Faktoring» kompaniyasi hamda «Biznesni rivojlantirish» mikromoliya tashkilotlariga asos solindi.
Avvalroq Kapital.uz O‘zbekistonda faktoring kompaniyalari paydo bo’ladi haqida maqola e’lon qilingandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ