O‘zbekistonda bank aktivlarining 65% qismi kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi — Markaziy bank

Shuningdek, jalb qilingan depozitlarning bank tizimi passivlaridagi ulushi 42% ni tashkil etdi

O‘zbekistonda bank aktivlarining 65% qismi kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi — Markaziy bank

Markaziy bank 2025-yilning I yarim yilligida Moliyaviy barqarorlik tavsifini e’lon qiladi.

Yilning 6 oyida O‘zbekiston bank tizimi moliyaviy jihatdan ijobiy holatda bo‘lib, barqarorlik ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Banklarning likvidlilik darajasi sezilarli oshdi. Jami regulyativ kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti 17,4% bo‘lib, belgilangan minimal talablardan yuqori bo‘ldi.

Ichki valyuta bozoridagi tebranishlarning kamaygani, pul bozorining barqarorligi va bank sektoridagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli moliyaviy stress indeksi past darajada shakllandi.

Kredit bozori barqaror qoldi

Xususiy sektorga berilgan kreditlarning YAIMga nisbati o‘tgan yilning shu davriga qaraganda deyarli o‘zgarmadi va 31% atrofida bo‘ldi. Shuningdek, foizli xarajatlarni qoplash koeffitsiyenti — 19%, majburiyatlarning kapitalga nisbati — 580% darajada qayd etildi.

2025-yilning I yarim yilligi yakunida sof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti 117% bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 5% punktga oshdi. Likvidlilikni qoplash koeffitsiyenti 195% ga yetib, yil davomida 31% punktga oshdi.

Bank aktivlarining asosiy qismini kreditlar tashkil etmoqda

2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra bank tizimi aktivlari 852,2 trln so‘mga yetdi. Ulardan 65% — kreditlar, 10% — boshqa banklardagi mablag‘lar, 8% — investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, jalb qilingan depozitlarning bank tizimi passivlaridagi ulushi 42% ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3% punktga oshgan.

Moliya manbalarining tarkibida esa 29% — kreditlar, 15% — kapital ulushi sifatida shakllandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda har oltinchi xaridor yangi uyni ipoteka krediti asosida sotib olmoqda
/
O‘zbekistonda har oltinchi xaridor yangi uyni ipoteka krediti asosida sotib olmoqda
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro tovar aylanmasini $2 mlrdga yetkaziladi
/
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro tovar aylanmasini $2 mlrdga yetkaziladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi