BAA O‘zbekiston bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Bu mamlakat fuqarolari tomonidan chet elda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq

BAA O‘zbekiston bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin

BAA O‘zbekiston bilan vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bunga mamlakat fuqarolarining xorijda sodir etayotgan huquqbuzarliklari soni ortib borayotgani sabab bo’lgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.

Vujudga kelgan vaziyatga javoban, mamlakat vakillari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

BAA tomoni hozirda tergov ishlari olib borilayotganini va 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qamoqqa olinganini bildirdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu masala yuzasidan mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda faol ish olib bormoqda.

O‘zbekistonliklar xorijdagi vatandoshlarning obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishga chaqirilmoqda.

O‘tgan yilning yanvar oyi o‘rtalarida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘zaro viza talablarini bekor qilish to‘g‘risidagi protokolni imzolagan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari BAAga 30 kungacha vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarida 3,5 mlrd so‘mga yaqin qonunbuzarlik aniqladi
/
Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarida 3,5 mlrd so‘mga yaqin qonunbuzarlik aniqladi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qariyb 29 mingta elektromobil import qilindi
/
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qariyb 29 mingta elektromobil import qilindi
9-sentabrdan viloyatlararo poyezdlar harakati jadvaliga oʻzgartirish kiritildi
/
9-sentabrdan viloyatlararo poyezdlar harakati jadvaliga oʻzgartirish kiritildi