“Jumeirah Group” mehmonxonalar tarmog‘i O‘zbekistonga kirishni rejalashtirmoqda
Tomonlar sayyohlar sonini yanada ko'paytirish masalalarini muhokama qilishdi
BAA’ning “Jumeirah Group” mehmonxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi vakillari Amirlikning “Jumeirah Group” kompaniyasi vitse-prezidenti Filip Krous bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar Respublikadagi yirik mehmonxonalarni xususiylashtirish yoki yangidan qurish bo‘yicha loyihalar ko’rib chiqdi.
“Jumeirah Group” kompaniyasining O’zbekiston bozoriga chiqishi mehmonxonalar va sayyohlar sonini yanada ko’paytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
So‘nggi 7 yilda respublikaga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni uch barobarga, mehmonxonalar va joylashtirish vositalari soni o’n barobarga oshgan.
“Kapital.uz” Rossiyaning “Azimut Hotels” tarmog‘i Toshkentda mehmonxona ochganini yozgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ